Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ko‘chki qurbonlari soni 2 ming nafardan ham oshib ketishi mumkin

A A A
Ko‘chki qurbonlari soni 2 ming nafardan ham oshib ketishi mumkin

Papua-Yangi Gvineyaning tog‘li hududida 24-may kuni sodir bo‘lgan halokatli ko‘chki qurbonlari taxmin qilinganidan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Mamlakat hukumati ko‘chki ikki mingdan ortiq odamni tiriklay ko‘mib yuborgan deb hisoblamoqda.

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘chki oqibatida 670 kishi halok bo‘lganini taxmin qilgandi. BMT Yambali qishlog‘i va Enga provinsiyasi rasmiylariga tayanib, 150 ta uyning ko‘chki ostida qolganidan kelib chiqqan holda yuqoridagi raqamlarni keltirgan. Rasmiylarning taxmini esa bundan uch barobar ko‘p.

Kiritildi: 17:47 27.05.2024. O'qildi: 1533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!