Kubaning Matanzas provinsiyasida neft omborida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida kamida 121 kishi jabrlandi.
“121 bemor kasalxonaga yotqizildi, ulardan besh nafari og‘ir, uch nafari o‘ta og‘ir ahvolda”, — deyiladi Kuba hukumati Twitter sahifasida.
Hodisa qurbonlari haqida ma’lumot berilmagan.
“TASS”ning yozishicha, neft omboridagi yong‘inga yashin urishi sabab bo‘lgan.