Kuba hukumati Vashington ma’muriyatining bosimiga qarshi chiqmoqda va bu AQSh prezidenti Donald Trampning g‘azabini qo‘zg‘atmoqda.
Bu haqda NBC News telekanali AQSh rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.
"Rasmay Gavana hokimiyatdan voz kechishga yoki jiddiy yon berishga tayyor ekanligining hech qanday alomatlarini ko‘rsatmayapti", deb ta’kidlashadi ular.
Bu AQSh Kubaga qattiq sanksiyalar qo‘llaganiga, muhim resurslar ta’minotini cheklaganiga va prezident Migel Dias-Kanel hukumati bilan diplomatik aloqalarni davom ettirganiga qaramay.
Ta’kidlanishicha, AQSh rasmiylari Kuba hukumati yil oxiriga qadar bosimsiz ham qulashi mumkinligiga ishonishadi. Biroq, Tramp bu muddatni qoniqarsiz deb hisoblaydi va bu masala uchun mas’ul bo‘lgan Davlat kotibi Marko Rubio kabi o‘z ma’muriyati amaldorlaridan bir necha bor norozilik bildirgan.