Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Marko Rubioning ta’kidlashicha, Kuba AQSh “milliy xavfsizligi uchun tahdid” tug‘diradi va Gavana bilan tinchlik kelishuviga erishish imkoniyatlari “juda past”.
Rubioning ta’kidlashicha, prezident Donald Tramp mamlakatni har qanday tahdidlardan himoya qilish huquqi va majburiyatiga ega.
Jurnalistlar bilan suhbatda Rubio diplomatiya Kuba bilan munosabatlarni tartibga solishning afzal usuli bo‘lib qolayotganini aytdi, ammo "To‘g‘risini aytsam, hozir kim bilan ishlayotganimizni hisobga olsak, buning ehtimoli kam", deya qo‘shimcha qildi.
AQSh Davlat departamenti rahbari, shuningdek, Kuba butun mintaqada terrorizmning yetakchi homiylaridan biri ekanini aytdi.
Avvalroq AQSh Qurolli Kuchlari Janubiy qo‘mondonligi USS Nimitz yadroviy aviatashuvchi kemasi boshchiligidagi AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining aviatashuvchi zarba guruhi Karib dengizi akvatoriyasiga kirgani xabar bergan edi.