Kuba AQSh uchun hech qanday tahdid tug‘dirmaydi, mamlakatning harbiy doktrinasi esa faqat mudofaaga qaratilgan. Bu haqda Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Kuba boshqa davlatlarga qarshi tajovuzkor rejalarga ega emas. Mamlakat harbiy sohada qator davlatlar bilan hamkorlik qilsa-da, uning hududida xorijiy harbiy bazalar mavjud emas. Dias-Kanel Kubadagi yagona noqonuniy harbiy baza sifatida AQShning Guantanamo provinsiyasidagi bazasini qayd etdi.
Shuningdek, prezident Mudofaa kengashi harbiy holat joriy etilishi mumkin bo‘lgan holatlar uchun chora-tadbirlarni o‘rganayotganini, ammo hozircha bunga ehtiyoj yo‘qligini bildirdi.