Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kuba AQSh kelishuvi doirasida 553 mahbusni ozod qiladi

Kuba AQSh kelishuvi doirasida 553 mahbusni ozod qiladi


Mamlakat rasmiylari AQSh prezidenti Jo Bayden Kuba terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarilishi haqida Kongressga xabar berganidan bir necha soat o‘tib, mahkumlarni qamoqxonalardan ozod qilishlarini ma’lum qildi. Baydenning bayonotida qayd etilishicha, Kuba hukumati “oxirgi olti oy ichida xalqaro terrorizmni hech qanday qo‘llab-quvvatlamagan” va Vashingtonga “kelajakda xalqaro terrorizmni qo‘llab-quvvatlamasligi” haqida kafolat bergan.

Kuba kommunistik hukumati Baydenning qarorini "to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadam" sifatida olqishladi, ammo mamlakat 1962 yildan beri hamon AQSh sanksiyalari ostida qolayotganidan afsusda. AFP ta’kidlaganidek, Kuba AQShni oziq-ovqat, dori-darmon, elektr va yoqilg‘i tanqisligi bilan ifodalangan so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yomon iqtisodiy inqirozda ayblaydi.

Prezident Migel Dias-Kanel AQSh sanksiyalarini “genosid” deb atadi va uning ma’muriyati 2021-yilda Kubani terrorizm homiylari davlat ro‘yxatiga yana qo‘shgan Donald Trampning bo‘lajak inaugurasiyasidan so‘ng uning mamlakati “qiyinroq vaziyatlarga” tayyorligini aytdi.

Kiritildi: Bugun 15:22. O'qildi: 261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!