Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Kroos futbolchilik faoliyatini yakunladi!

Kroos futbolchilik faoliyatini yakunladi!

Ispaniyaga qarshi Yevropa chempionati chorak finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Toni Kroos futbolchilik faoliyatini yakunladi. Avvalroq, Toni Yevro-2024dan so‘ng faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi. Qo‘shimcha vaqtlarda Ispaniyadan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan so‘ng Germaniya turnirni tark etdi.

Ma’lumot uchun, Toni Kroos professional faoliyatini "Bavariya"da boshlagan. Myunxen klubida 2007 yildan 2014 yilga qadar faoliyat olib borgan futbolchi o‘zining qolgan yillarini "Real Madrid" klubida o‘tkazdi.

Kroos "Bavariya" bilan uch marta Germaniya chempioniga aylandi, uch marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi va ikki marotaba Superkubok sohibiga aylandi. "Real" tarkibida esa to‘rt martadan La Liga chempionligi va Ispaniya superkubogi hamda bir marta Ispaniya Superkubogi qo‘lga kiritildi.

Toni faoliyati davomida olti marta YECHL g‘olibiga aylandi (bir marta "Bavariya", besh marta "Real" bilan). Mos ravishda Kroos olti marta Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi.

Kroos 2014 yilda Germaniya termasi safida Jahon chempioniga aylandi. 2010 yil JARda o‘tkazilgan mundialda Toni Kroos Germaniya bilan bronza medallarini qo‘lga kiritgandi.

Kiritildi: 09:50 06.07.2024. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!