41 yoshli portugaliyalik superyulduz Krishtianu Ronaldu 7,5 million dollar evaziga Pro2col Software kompaniyasining 10% aksiyasini sotib olib, kompaniyaning hammulkdorlaridan biriga aylandi. Ushbu kompaniya Herbalife korporasiyasining sho‘’ba tuzilmasi hisoblanadi.
Ronalduning ta’kidlashicha, mazkur loyiha insonlarning sog‘ligiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga xizmat qiladi:
«Biz odamlarning o‘z salomatligiga bo‘lgan qarashini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan platformani shakllantirishga yordam bermoqdamiz», — dedi portugaliyalik futbolchi.
Shu tariqa, Ronaldu nafaqat maydonda, balki biznes va investisiya sohasida ham faolligini davom ettirmoqda.