Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Kreml Ukrainaga Ozarbayjon bilan kelib chiqqan tortishuvda ayb yuklamoqda

Kreml Ukrainaga Ozarbayjon bilan kelib chiqqan tortishuvda ayb yuklamoqda

Moskvada Kreml Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ilhom Aliyev o‘rtasidagi 1 iyulda bo‘lib o‘tgan telefon suhbatini Rossiya–Ozarbayjon munosabatlaridagi inqirozni kuchaytirishga qaratilgan harakat deb baholadi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Kiyev «o‘tga yog‘ qo‘shish» va Bokuni «emosional harakatlarga undash» maqsadida ushbu qadamga borgan.

Zelenskiy suhbatdan so‘ng, Ozarbayjonga Rossiya tomonidan «fuqarolaringiz ustidan masxaralar» va tahdidlarga qarshi qo‘llab-quvvatlash bildirganini aytdi. Kreml esa bunday bayonotni «provokasiya» sifatida qabul qilmoqda.

Rossiya–Ozarbayjon munosabatlaridagi keskinlashuv Yekaterinburgda 2001–2011 yillarda sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha gumon qilingan olti nafar azerbayjonlik fuqaroning qo‘lga olinishi ortidan yuzaga keldi. Tergov jarayonida ikki nafar gumonlanuvchi vafot etdi. Rossiya Tergov qo‘mitasi ulardan biri yurak xurujiga uchraganini bildirgan bo‘lsa, Boku ularda zo‘ravonlik izlari borligini aytdi va qotillik hamda qiynoqlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Javob tariqasida, Ozarbayjonda «Sputnik Azerbayjon» axborot agentligi ofisida tekashiruv o‘tkazildi, agentlik rahbari Igor Kartavix va bosh muharrir Yevgeniy Belousov qo‘lga olindi. Ularga firibgarlik, noqonuniy tadbirkorlik va jinoiy daromadlarni yuvish aybi qo‘yildi. Shuningdek, 1 iyul kuni Ozarbayjonda Rossiyaning 8 fuqarosi narkosavdo va kiberjinoyatchilikda gumonlanib ushlangani ma’lum bo‘ldi.

Peskov Rossiya fuqarolarining huquqlari «barcha diplomatik kanallar va mavjud vositalar orqali» himoya qilinishiga va’da berdi. Unga ko‘ra, Bokuga Rossiya tomonidan hech qanday tahdid bo‘lmagan, va kelib chiqqan mojaro Rossiya hududidagi jinoyatlarni fosh qilishga qaratilgan tergov harakatlari sababli yuzaga kelgan.

Ayni paytda, OzarbayjonRossiya bilan barcha hukumatlararo va madaniy tadbirlarni bekor qildi.

Kiritildi: Bugun 11:03. O'qildi: 466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!