Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Kreml Ukrainaga hujum qilish rejalaridan voz kechdi — OAV

A A A
Kreml Ukrainaga hujum qilish rejalaridan voz kechdi — OAV

Kreml Ukrainaga hujum qilish rejalaridan voz kechdi va shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘taydigan askarlarni yollashga e’tibor qaratadi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya hukumati Ukraina qarshi hujumini to‘xtatishni rejalashtirmoqda va buning uchun ular ko‘p sonli shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilarni jalb qilmoqda.

Rasmiylarning rejalari bilan tanish bo‘lgan Bloomberg manbalariga ko‘ra, Kremlning bunday qaroriga safarbarlikning ikkinchi to‘lqini haqida salbiy tasavvur paydo bo‘lishidan qo‘rqish sabab bo‘lgan. Avvalroq OAV rasmiylarning shartnoma bo‘yicha xizmat qilish uchun 400 ming rossiyalikni jalb etish rejalari haqida xabar bergan edi. Biroq, ko‘plab ekspertlarning bunchalik ko‘p harbiylarni yig‘ib bo‘lmasligiga ishonchlari komil.

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda, Ukraina yaqin oylarda katta qarshi hujumni rejalashtirmoqda. Unda Yevropa va AQShda tayyorgarlikdan o‘tgan harbiylar, shuningdek, G‘arb mamlakatlari yetkazib bergan jangovar mashinalar ishtirok etadi.

Kiritildi: 03:50 25.03.2023. O'qildi: 3851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!