"Moskva va Vashington tinch yo‘l bilan muammoni hal etish bo‘yicha boshqa masalalar qatorida Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berishni qayta tiklash imkoniyatini ham muhokama qilmoqda", — deya ma’lum qildi Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov.
8 may kuni Reuters agentligi manbalariga tayanib, AQSh va Rossiya o‘rtasida Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yuzasidan muzokaralar olib borilayotgani haqida xabar bergan edi. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Vashington Rossiya gazini Yevropa bozoriga qaytarishda o‘zini vositachi sifatida qatnashishni, Moskva va Kiyev o‘rtasidagi tinchlik kelishuvini tuzish yo‘lidagi qadamlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.