Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kredit qarzi uchun 1,7 mlrd. so‘mlik “Issiqxona” sotildi

A A A
Kredit qarzi uchun 1,7 mlrd. so‘mlik “Issiqxona” sotildi

Yurtimizda tadbirkorlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Lekin, ayrim tadbirkorlarning biznes rejalari ish bermay, bankdan olingan kreditlar sud tartibida undirilmoqda.

Byuro organlari ish yurituvidagi banklar foydasiga hal qilingan sud qarorlari ijrosini ta’minlash nazoratga olingan bo‘lib, bu borada muayyan ishlar qilinmoqda.

Masalan, Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 13.10.2022 yildagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi AT “Xalq banki” foydasiga 3 ta qarzdor jamiyatlardan solidar tartibda jami 2 mlrd. 475 mln. so‘m undirish belgilangan. Ijro varaqasida undiruv garovdagi Andijon tuman Teraktagi mahallasida joylashgan yer maydoni 20 000 kv.m bo‘lgan issiqxona bino-inshootlariga qaratilishi ham qayd etilgan.

Byuro xodimlari tomonidan qarzdorlikni bartaraf qilish uchun qonunchilikka muvofiq qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsa-da, ijro hujjati talablari bajarilmagan.

Shunga ko‘ra, ijro harakatlari davomida issiqxona bino-inshootlari elektron savdo maydonchasi orqali 1,7 mlrd. so‘mga sotilgan.

Hozirda, qarzdorlikning qolgan qismini undirish bo‘yicha ijro harakatlari davom etmoqda

Kiritildi: 21:35 29.11.2023. O'qildi: 1548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!