Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Krasnodar o‘lkasida jiddiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, qurbonlar va jarohatlanganlar bor

A A A
Krasnodar o‘lkasida jiddiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, qurbonlar va jarohatlanganlar bor

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasining Novokubansk viloyati hududida yengil avtomobil va pochta furgoni ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohat oldi.

Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, YTH Armavir-Otradnaya yo‘lida sodir bo‘lgan:

«VAZ 2114» rusumli avtomashina haydovchisi yo‘ldan chiqib ketib, boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan «Luidor» mikroavtobusi bilan to‘qnashib ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida yengil avtomobilning 29 yoshli haydovchisi va 40 yoshli yo‘lovchisi halok bo‘lgan. Mikroavtobusda bir kishi jarohatlangan.

Hozirda fakt yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 06:51 31.03.2024. O'qildi: 1156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!