Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “E.” xorijiy kompaniyasi injener-texnologi A.X. fuqaro SH.ni tanishlari orqali ushbu kompaniyaga ishga kiritib qo‘yishni 1 500 AQSh dollariga kelishib, shundan 11 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og‘dirib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.