Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Korxona 7,1 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan – «O‘zenergoinspeksiya»

Korxona 7,1 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan – «O‘zenergoinspeksiya»

«O‘zenergoinspeksiya» Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Unda aniqlanishicha, Marg‘ilon shahrida faoliyat yuritayotgan "SH.I.D." MCHJning qurilmalari gaz hisoblagichdan tashqari, to‘g‘ridan to‘g‘ri tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu holat tufayli davlat manfaatlariga 7 milliard 143 million so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» axborot xizmati ma’lum qildi.

Kiritildi: 10:32 24.07.2024. O'qildi: 545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!