Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

«Koronavirusda osma ukol (kapelnisa) olish zararli va o‘lim xavfini oshiradi» — ekspert

«Koronavirusda osma ukol (kapelnisa) olish zararli va o‘lim xavfini oshiradi» — ekspert

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva:

— Odamlar «Oldin shamollaganimda osma ukol olgandim, yana bir marta olsam, o‘tib ketadi deb o‘yladim» deyishadi. Kasallikning 6-7-kuniga borib, ularning ahvoli og‘irlashishni boshlayapti. Tomografiyaga tushishyapti, o‘pkaning jarohatlangani, suv yiqqanini ko‘rishyapti. Bu davrda endi biz ambulator sharoitda yordam berolmaymiz.

Osma ukollardan keyin, kasallikning 5-6-kunida o‘pka suyuqlik yig‘ishni boshlayapti, o‘pka shishi kelib chiqyapti. Hozirgi kunda o‘layotgan bemorlarning hamma tashxisini ko‘ring: o‘pka shishishi! Bular o‘zidan-o‘zi kelib chiqmayapti. Hammasi osma ukol ta’siri.

Buyraklarimiz u suyuqlikn chiqarib tashlashga ulgurmayapti. Bu yurak qobig‘ida ham suyuqlik yig‘ilishiga olib kelishi, jigarni ishdan chiqarishi mumkin. 

Osma ukol olishdan avval, albatta, shifokor bilan maslahatlashing!

Odamlar osma ukollardan voz kechsa, O‘zbekistonda o‘lim ko‘rsatkichi kamayardi.
 

Kiritildi: 09:07 01.08.2020. O'qildi: 5054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!