Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Koronavirus yuqtirgan futbolchilar soni ma’lum bo‘ldi

Koronavirus yuqtirgan futbolchilar soni ma’lum bo‘ldi

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan futbolchilar soni kundan-kunga oshib bormoqda. Hozirgi vaqtda ularning soni 33 nafarga yetdi. Bu haqda "human.uz" yozmoqda.

Italiya futboli hammadan ko‘p zararlandi – 16 futbolchi. Ulardan «Sampdoriya»da — 7 (himoyachilar Kolli, Depaoli, Bereshinski, yarimhimoyachilar Ekdal, Torsbi, hujumchilar Gabbyadini va La Gumina), «Fiorentina»da  — 3 (himoyachi Pesselya va hujumchilar Vlaxovich va Kutrone), «Yuventus»da — 3 (himoyachi Rugani, yarimhimoyachi Matyuidi va hujumchi Dibala) «Milan»da — 1 (yarimhimoyachi Daniel Maldini), «Verona»da — 1 (yarimhimoyachi Dzakkani), «Pyaneze»da — 1 (hujumchi King Udo).

Ispaniyada 7 futbolchi: «Valensiya»da — 3 (himoyachilar Garay, Gayya va Mangala), «Espanyol»da — 2 (himoyachi Kabrera va hujumchi U Ley), «Elche»da — 1 (hujumchi Jonatas) va «Bergantinyos»da — 1 (yarimhimoyachi Alfaya).

Angliyada 5 futbolchi: «Portsmut»da – 3 (himoyachilar Bolton, Kennon va Raget), «Chelsi»da – 1 (vinger Xadson-Odoi) va «Vest Bromvich»da – 1 (forvard Ostin).

Germaniyada 4 futbolchi: «Hannover»da — 2 (himoyachilar Hyubers va Horn), «Herta»da – 1 (himoyachi Mittelshtedt) va «Paderborn»da 1 (himoyachi Kilian).

Xitoyda 1 futbolchi: «Shandun Lunen» yarimhimoyachisi Maruan Fellayni.

Kiritildi: 10:25 23.03.2020. O'qildi: 3251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!