Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Koronavirus vasvasasi: 180 kishi tuzalaman deb o‘lib ketdi

A A A
Koronavirus vasvasasi: 180 kishi tuzalaman deb o‘lib ketdi

Eronda 6 martdan beri qo‘lbola araqdan vafot etganlar soni 180 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda ISNA agentligi. 

Fors viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Muhammad Javod Murodiyonning ma’lum qilishicha, birgina mazkur viloyatda 6 martdan beri 427 kishi soxta spirtli ichimliklardan zaharlangan. Ulardan 65 nafari vafot etgan, 14 nafari reanimasiyada qolmoqda. 

«Afsuski, bunday noxush holatga alkogolning koronavirusga dori ekani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan mish-mishlar sabab bo‘ldi», – deydi u. 

Oxirgi kunlarda Fors viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 50 ming tonna alkogol olib qo‘yilgan, qo‘lbola araq ishlab chiqarish va tarqatish bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olingan. 

Kiritildi: 00:29 20.03.2020. O'qildi: 6372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!