Juma kuni Turkmaniston Bosh vazirining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov respublika Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ekspert missiyasini qabul qilishga tayyorligini bildirdi, deya xabar beradi RIA Novosti muxbiri.
Chet ellik diplomatlar va jurnalistlar uchun mamlakatda yangi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida brifingda gapirgan Meredov Turkmaniston Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarini qabul qilishga tayyorligini ta’kidladi.
"Mendan keyin xuddi shu konferensiyani Sog‘liqni saqlash va Tibbiy sanoat vazirligi rahbari Nurmuhammed Kakabayevich Amannepesov o‘tkazdi. Biz Turkmaniston ushbu missiyaning mamlakatga tashrifini tashkil etishga tayyorligini tasdiqladik. Bu yerda hech qanday muammo yo‘q. Biz katta hurmat bilan ushbu guruhning Turkmanistonga kelishini kutmoqdamiz", — deya ta’kidladi Turkmaniston TIV rahbari.