Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Koronavirus! Tramp Xitoyni jazolash yo‘lini topdi

A A A
Koronavirus! Tramp Xitoyni jazolash yo‘lini topdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlariga tariflarning oshishini Pekinga yangi koronavirus paydo bo‘lishi haqida dunyo hamjamiyatiga xabar bermagani uchun jazo choralaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda "azon.uz" xabar berdi.

"Tariflarni oshirish, hech bo‘lmaganda, muzokaralarda juda yaxshi vosita", – dedi Tramp Fox News telekanalidagi chiqishida.

Koronavirusning paydo bo‘lishi ataylab yoki tasodifiymi degan savolga javoban Tramp: “Xitoy xato qildi", – dedi.

"Menimcha, ular xatoga yo‘l qo‘ydi, yashirishga harakat qildi. Ular olovni o‘chira olmadi. Xitoyga borgan odamlarni to‘xtatdi, ammo butun dunyo bo‘ylab Xitoydan chiqqan odamlarni to‘xtata olmadi", – deb tushuntirdi u. .

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy ushbu muammo mavjudligini bilar va "bu muammoga chalg‘ib qolgan edi".

Kiritildi: 19:11 04.05.2020. O'qildi: 7406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik