Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Koronavirus! Toshkent shahar IIBB maktablarni tekshirmoqda

A A A
Koronavirus! Toshkent shahar IIBB maktablarni tekshirmoqda

Yaqinda uzoq tanaffusdan so‘ng Toshkentda ta’lim muassasalarining faoliyati davom etadi. Karantin cheklovlarining yumshatilishiga qaramasdan, virusga duch kelish xavfi hali ham yuqoridir. Shu munosabat bilan maktablar, kollejlar va universitetlarga rioya qilishi muhim bo‘lgan bir qator sanitariya-epidemiologiya talablari qo‘yilmoqda.

Belgilangan talablarga rioya qilish holatini tekshirish maqsadida Yashnobod tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari 5-son ichki ishlar bo‘limi mas’uliyat hududida kiruvchi 198, 206, 212 va 230-son maktablarda bo‘lishdi. O‘quv sinflari va xojatxonalardagi umumiy sanitariya holati tekshirildi, antiseptik va sanitariya-gigiyena vositalari hamda tibbiy niqoblar yetarli miqdorda borligiga ishonch hosil qilindi. Binoga kirish joyi maxsus “o‘tish punkti” bilan jihozlangan bo‘lib, unda o‘quv kuni boshlanishi oldidan o‘quvchi va o‘qituvchilarning haroratlarini o‘lchash, tibbiy niqob taqilganini tekshirilishi zarur. Shuningdek virus kasalligi alomatlari qayd etilgan o‘quvchi tibbiy yordam xodimlari kelgunga qadar yakkalanishi ko‘zda tutilgan xona IIB xodimlari tomonidan tekshirildi.

Ta’lim muassasalari rahbarlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan talablar qayta tanishtirildi.

Umumta’lim muassasalarining sanitariya-epidemiologiya holatini tekshirishdan tashqari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar abituriyentlar imtihonlari jarayonida qatnashishlari ko‘zda tutilgan. Ular soat 05.00 dan testlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan hududlarda bo‘lajak talabalarni tekshirishmoqda.

Kiritildi: 17:07 11.09.2020. O'qildi: 3298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik