Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Koronavirus! Oziq-ovqat topa olmayotgan Venesuela aholisi sigir qonini ichmoqda

A A A
Koronavirus! Oziq-ovqat topa olmayotgan Venesuela aholisi sigir qonini ichmoqda

Iqtisodiy inqiroz sababli yashash standartlari juda ham yomon ahvolga kelib qolgan Venesuela aholisi koronavirusga qarshi o‘rnatilgan cheklovlardan keyin yana ham tang holatda qoldi.

Mamlakat g‘arbida joylashgan San-Kristobal shahri aholisi oziq-ovqat topilmayotganligi sababli sigir qoni bilan kun kechirmoqda. Aholi sigir qonini mahalliy pichon sho‘rvasini tayyorlashda ishlatmoqda.

Venesuelada bir kilo go‘sht olish uchun ikki oylik maosh kerak bo‘ladi. Mamlakatda sigir qonini iste’mol qilish kambag‘allikning ramziga aylangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Venesuelada 455 kishida koronavirus aniqlangan, ularning 10 nafari vafot etgan.

Kiritildi: 05:00 16.05.2020. O'qildi: 3485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!