Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirus issiq haroratda yo‘q bo‘ladimi? Virusolog javob berdi

Koronavirus issiq haroratda yo‘q bo‘ladimi? Virusolog javob berdi

Iqlim sharoiti koronavirus tarqalishiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda Il Giornale nashri italiyalik shifokorlarga asosan maqola tayyorladi.

Xususan, virusolog Roberto Burioni yozda issiq tufayli pandemiya pasayishi mumkin degan afsonani yo‘qqa chiqardi.

Mutaxassis ayrim davlatlar tomonidan joriy etilgan cheklov choralari virus bilan kurashda samarali ekanligini ta’kidladi. Uning nazarida issiq havo boshlanishi bilan nafas yo‘llari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kasalliklarini yuqtirish holatlari haqiqatan ham kamroq qayd etiladi, havoga tushgan tupuk zarralari tezroq bug‘lanib ketadi, ammo bu hozirgi vaziyatga ta’sir qilishi dargumon.

Milan, Rim va Kte-Peskara universitetlari olimlari ham shunga o‘xshash xulosaga keldilar. Ular Uxan va Lombardiya va Venetoda COVID-19ga chalingan odamlar sonini solishtirishdi va bu hududlarda iqlim sharoiti va kasallangan soni o‘rtasida hech qanday bog‘liqlikni topmadilar.

Nashr mualliflari infeksiyaga qarshi kurashish uchun issiq haroratning foydasi haqidagi afsona koronavirusni antipik pnevmoniya bilan taqqoslash natijasida paydo bo‘lganligini ta’kidlashdi. Antipik pnevmoniya 2002 yil oxirida boshlanib, 2003 yil iyul oyida yakunlangan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, o‘sha epidemiyani hozirgisi bilan taqqoslash mumkin emas.

Dunyoning 170 tadan ortiq davlatda koronavirus aniqlandi. O‘tgan yil yakunida Uxanda COVID-19 birinchi bemorlar paydo bo‘ldi. BSST so‘nggi malumotlariga ko‘ra, 350 ming kishidan ortiq bu virus aniqlandi, 16 ming kishi vafot qildi.

Kiritildi: 21:39 25.03.2020. O'qildi: 8381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!