Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Koronavirus inqirozi: Fransiya pandemiyani yengish uchun «Mona Liza»ni sotadimi?

Koronavirus inqirozi: Fransiya pandemiyani yengish uchun «Mona Liza»ni sotadimi?

Fransuz tadbirkori Stefan Distangian mamlakatni inqirozdan olib chiqish uchun afsonaviy «Mona Liza» asarini sotish kerak, degan taklifni ilgari surdi

«Xuddi bolalar suvga tosh uloqtirib o‘ynayotganidek, kundan-kunga koronavirus bilan kurashishga milliardlab yevro sarflayapmiz. Buning esa oxiri ko‘rinmayapti, demakki, moliyaviy inqirozning tubi yo‘q. Buncha xarajatni chiqarib olishiniyam o‘ylamasak oxiri voy bo‘ladi, nimanidir bahridan o‘tishga to‘g‘ri keladi», — dedi Distangian.

Tadbirkorning xomcho‘tlariga ko‘ra, mamlakatni inqiroz jaridan tortib olishga 50 mlrd. dollar kerak bo‘ladi.

Shuningdek, Stefan mamlakatdan undan boshqa yana ko‘plab rasmlar borligini va bu Fransiya uchun katta yo‘qotish bo‘lmasligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: «Mona Liza» («Jokonda») asarini Leonardo da Vinchi 1503-1505 yillarda chizgan. Ayni paytda asar Fransiyadagi Luvr muzeyida saqlanmoqda. 2005 yildan beri asar uchun alohida xona qilingan bo‘lib, o‘q o‘tmas oyna bilan himoyalangan.

Kiritildi: 09:11 20.05.2020. O'qildi: 2076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!