Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

“Koronavirus Yevropa Ittifoqi o‘ta olmagan imtihon bo‘ldi”. Nega?

“Koronavirus Yevropa Ittifoqi o‘ta olmagan imtihon bo‘ldi”. Nega?

Turkiya prezidentining maslahatchisi Yasin Aktay RIA Novosti agentligiga ma’lum qilishicha, koronavirus pandemiyasi davrida YEI eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlarni yetarli darajada qo‘llab-quvvatlamay turib muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

"Evropa Ittifoqi bu kabi muammolar bilan shug‘ullanishi kerak, chunki bitta mamlakatning muammosi - bu butun ittifoqning muammosi. Yevropa esa koronavirus mavzusida imtihonni topshira olmadi. (tah. zarar ko‘rgan davlatlar) eshikni taqillatishganida, eshik ochilmasa, boshqa eshiklarni taqillatishga majbur bo‘lishadi" dedi Aktay.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi tahdid oldida eski shikoyatlar, xususan, NATO va Rossiya o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida gapirish noo‘rin.

"Umumiy dushmanning mavjudligi odamlarni birlashtiradi. Bunday sharoitda NATO hech kimga qarshi emas, hamma virus bilan kurashmoqda, u butun dunyoni birlashtirdi. Endi eng muhimi pandemiyani yengishdir", - deydi manba.

Qayd etilishicha, Turkiya NATOdan yordam kutmaydi, chunki pandemiya fonida uning ahvoli ittifoqning boshqa mamlakatlariga qaraganda yaxshiroq.

"Vaksina va dori-darmonlarni yaratish to‘g‘risida ma’lumot almashish kerak, uni pul ishlash mexanizmiga aylantirib bo‘lmaydi. Dori-darmonlar hamma uchun umumiy yechim bo‘lishi, hammaga adolatli va teng imkoniyat kerak", dedi Aktay.

Aktayning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya boshqa mamlakatlarga qaraganda pandemiyaga qarshi yaxshiroq tayyorlangan, buning uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan ta’minlangan.

"O‘tgan yilning aprel oyida prezident ma’muriyati darajasida epidemiyalarga qarshi kurash choralari to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuning uchun bizda vahima yo‘q, bundan tashqari, virus Turkiyaga kech kirib keldi, bu bizga tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘shimcha vaqt berdi. Bizda mexanik shamollatish bilan bog‘liq muammolar yo‘q. Bu borada boshqa davlatlarga ham yordam bera olamiz”, - deya qo‘shimcha qildi agentlik suhbatdoshi.

 

 

Kiritildi: 22:50 26.03.2020. O'qildi: 3301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!