Rodrigo Bentankur koreyslar haqida qilgan hazili uchun diskvalifikasiya qilinishi mumkin.
Iyun oyida ijtimoiy tarmoqlarda «Tottenxem»ning urugvaylik yarim himoyachisi aks etgan video tarqalgandi, unda teleboshlovchi Bentankurdan jamoadoshining formasini so‘radi. «Son? Bu Sonnining amakivachchasining futbolkasi ham bo‘lishi mumkin. Ularning barchasi bir xil», — deb javob bergandi Rodrigo.
Keyinchalik Bentankur ijtimoiy tarmoqlarda Sondan uzr so‘radi.
Angliya futbol assosiasiyasi (FA) Bentankurni «nomaqbul xatti-harakat» va «etnik yoki irqiy haqoratomuz so‘zlarni ishlatganlik»da aybladi.
Daily Mail xabariga ko‘ra, urugvaylik futbolchi uzoq muddatga diskvalifikasiya qilinishi mumkin. Bir nechta manbalarga ko‘ra, gap 7 o‘yinga chetlatish haqida ketmoqda, ammo bu hali tasdiqlanmagan.