Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Koreyada ish beruvchilarning o‘zbekistonliklarga ishonchi kamayayotgani va buning sababi ma’lum qilindi

Koreyada ish beruvchilarning o‘zbekistonliklarga ishonchi kamayayotgani va buning sababi ma’lum qilindi

Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vise-prezidenti ish beruvchilarning o‘zbekistonliklarga ishonchi kamayayotganini aytdi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Aytilishicha, Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vise-prezidenti Kim Sung Je bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi. Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari O‘zbekistondan E-9 vizasi asosida kirib borayotgan ishchilar kvotasini oshirish yuzasidan taklif bildirdi.

Koreya tomoni so‘nggi vaqtda E-9 vizasi asosida O‘zbekistondan kelayotgan fuqarolarning kirib kelganidan ko‘p vaqt o‘tmay, mehnat shartnomasini bekor qilish va ish o‘zgartirish holatlari ortib borayotgani ish beruvchilarning fuqarolarga bo‘lgan talab va ishonchi kamayayotganini ta’kidladi.

Tomonlar bugungi kunda koreys ish beruvchilari hamda E-9 vizasi asosida ishlayotgan fuqarolarning mehnat jarayoniga doir o‘z yechimini kutayotgan masalalarni atroflicha muhokama qilgan.

Kiritildi: 17:18 29.03.2024. O'qildi: 1324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!