Koreyaning hukmron Fuqarolik kuchi partiyasi rahbari Xan Dong Xun juma kuni yangi aniqlangan faktlar asosida prezident Yun Seok Yol mamlakat va uning xalqi manfaati uchun o‘z vazifalarini to‘xtatishi kerakligini aytdi.
Xan Dong Xun bu haqda partiya rahbariyatining favqulodda yig‘ilishida ma’lum qildi va payshanba kuni muxolifat blokining prezidentga impichment e’lon qilish talabiga qarshi kurash bo‘yicha oldingi pozisiyasidan qaytdi.
Hukmron partiya yetakchisining qayd etishicha, harbiy holat e’lon qilingan kuni Yun Seok Yol asosiy siyosatchilarni hibsga olishga buyruq bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident buning uchun maxsus xizmatlarni jalb qilgani ishonchli ma’lum.
Agar prezident Yun Seok-Yol hokimiyatda qolsa, harbiy holat e’lon qilinishi kabi ekstremal harakatlar ehtimoli yuqori, bu esa mamlakat va xalqni katta xavf ostiga qo‘yadi, deya qo‘shimcha qildi Xan Dong Xun.
Chorshanba kuni Demokratik partiya va yana besh partiya Yun Seok Yolga impichment e’lon qilish to‘g‘risida ariza topshirdi. Bu masala bo‘yicha ovoz berish shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Yun Seok-Yol seshanba kuni kechqurun harbiy holat e’lon qildi va chorshanba kuni ertalab Milliy assambleya unga qarshi ovoz berganidan keyin uni bekor qildi.