🧑🎓OTMlarda o‘qiyotgan talabalar to‘lagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog‘cha va maktablar uchun qilingan to‘lovlardan 12% qaytarib olish mumkin, bu uchun soliq organlariga borish shart emas.
✅Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va to‘lov hujjatlarini biriktirgan holda deklarasiya yuborish mumkin.
👉“Soliq deklarasiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik shakllanadi.
Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yo‘naltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad solig‘ini masofadan qaytarib olish mumkin:
🔰to‘lov - kontrakt;
🔰ipoteka kreditlari;
🔰nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi va maktablar.
💻Deklarasiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.