Kongo Demokratik Respublikasining janubi-g‘arbiy provinsiyasida noma’lum kasallikdan 143 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda «Reuters» agentligi ma’lum qildi, deb yozadi «Report» .
Kecha Kvango provinsiyasi vise-gubernatori Remi Saki va sog‘liqni saqlash vaziri Apolliner Yumba kasallangan odamlarda gripp belgilari, jumladan, yuqori isitma va qattiq bosh og‘rig‘i borligini aytdi.
Kasallikni aniqlash uchun tahlil o‘tkazish uchun hududga tibbiy guruh yuborildi. Kasallanganlar soni ortib bormoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, BMT mavjud vaziyatdan xavotirda va mamlakat hukumati bilan kasallikni o‘rganish ustida ishlamoqda.