Kongo Demokratik Respublikasi sharqidagi qishloqlardan birida sodir bo‘lgan dahshatli suv toshqini 104 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
Bu haqda AFP xabar bermoqda.
Hodisa Janubiy Kivu provinsiyasidagi Tanganyika ko‘li sohilidagi qishloqda sodir bo‘lgan. Olis viloyatda bir necha kun davom etgan kuchli yomg‘ir Kasaba daryosining toshib ketishiga sabab bo‘lib, atrofdagi aholi punktlarini suv bosdi.
Qishloqqa to‘satdan suv ko‘tarilishi mahalliy aholini ham, amaldorlarni ham xavotirga solib qo‘ydi. Tabiiy ofat sodir bo‘lgan Fizi viloyati ma’muri Semmi Kalonji 104 kishini qutqarib bo‘lmaganini, yana 28 kishining turli darajada jarohatlanganini aytdi.
Voqea yuzasidan qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.