Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Kommunal to‘lovlarning barchasini bir joyda to‘lash imkoniyati yaratilishi mumkin

Kommunal to‘lovlarning barchasini bir joyda to‘lash imkoniyati yaratilishi mumkin

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida kommunal to‘lovlarning barchasini bir joyda to‘lash imkoniyatini yaratish haqida petisiya joylashtirildi.

Unda, aholi tomonidan kommunal xizmatlar (elektr energiyasi, tabiiy gaz, sovuq suv va issiqlik energiyasi haqi)ga to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish kerak.

Fuqarolarning ish kunlari kommunal to‘lovlarni to‘lash uchun vaqt ajrata olmasligi, to‘lovlarni qabul qiluvchi tashkilotlarning bir-biridan uzoq joylarda joylashganligi, u yerlardagi navbatlarning ko‘pligi va shunga o‘xshash boshqa sabablar tufayli kommunal to‘lovlarni to‘lashda noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda dehqon bozorlari, savdo komplekslari yoki boshqa turdagi aholi ko‘p bo‘ladigan joylarda kommunal to‘lovlarning barchasi uchun haqni bir joyda to‘lash imkoniyatini yaratishni taklif qilamiz”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Kiritildi: 19:15 16.10.2019. O'qildi: 2678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!