Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Kolumbiyada iqtisodiy favqulodda holat e’lon qilindi

Kolumbiyada iqtisodiy favqulodda holat e’lon qilindi

Kolumbiya hukumati iqtisodiy favqulodda holat e’lon qildi, bu Petro ma’muriyatiga prezident farmoni bilan soliqlarni joriy etish imkonini beradi, deb xabar beradi ABC News.

Hukumat favqulodda holat sharoitida soliqlarni joriy etishni ko‘rib chiqmoqda. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, rasmiylar biznes va jismoniy shaxslar uchun yangi mulk solig‘ini joriy etishni, shuningdek, rom va vino kabi alkogol mahsulotlarini sotishga soliqlarni oshirishni rejalashtirmoqda.

Hukumat yoqilg‘i subsidiyalarini to‘lash, tibbiy sug‘urta xarajatlarini va kasalxonalar yopishlishi o‘rnini qoplash, harbiylarga isyonchi guruhlarning dron hujumlariga qarshi turish imkonini beradigan infratuzilmaga taxminan 700 million dollar sarmoya kiritish va qarzlarni to‘lash uchun ko‘proq mablag‘ga muhtoj.

Hukumat yaqinda 2026 yilda mamlakat byudjetini 4 milliard dollarga oshiradigan qonun loyihasini Kongress tomonidan ma’qullanishiga muvaffaq bo‘la olmadi.

Avvalroq Donald Tramp Kolumbiyaga moliyaviy yordamni to‘xtatib qo‘yishini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 21:46 24.12.2025. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!