Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Kokorin va Mamayev qamoqda qoladigan bo‘ldi

A A A
Kokorin va Mamayev qamoqda qoladigan bo‘ldi

Moskva shahrining Presnya sudi Zenit hujumchisi Aleksandr Kokorin, uning ukasi Kirill Kokorin, Krasnodar yarimhimoyachisi Pavel Mamayev va uning do‘sti Aleksandr Protasoviskiy ustidan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha mahkama o‘tkazdi.

Unda tergovchilarning iltimosnomasiga ko‘ra, ayblanuvchilarning hibsdagi muddatini cho‘zish masalasi ko‘rildi. Sud iltimosnomani qondirib, hibs muddatini yana 6 oyga uzaytirdi. Endi ayblanuvchilar 25 sentyabrga qadar tergov izolyatorida qolishadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil oktyabr oyida aka-uka Kokorinlar, Mamayev va Protasoviskiy Moskva shahridagi bir necha mushtlashuvlarda ishtirok etishgani uchun 8 dekabrga qadar hibsga olingan edi. Keyinchalik, tergov ishlari yakunlanmagani uchun hibs muddati 2 marta - 8 fevralga va 8 aprelga qadar uzaytirilgandi.

Manba: oxo.uz

Kiritildi: 23:30 03.04.2019. O'qildi: 2080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!