Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Klichko Rossiya qo‘shinlari yana Kiyevga kirishga urinib ko‘rishi mumkinligini tan oldi

A A A
Klichko Rossiya qo‘shinlari yana Kiyevga kirishga urinib ko‘rishi mumkinligini tan oldi

Kiyev meri Vitaliy Klichko Rossiya quruqlikdagi kuchlari Ukraina poytaxtini yana bosib olishga urinishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda u Bild nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Kiyev Putin uchun nishon bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi, chunki poytaxt mamlakatning yuragi», - dedi Klichko.

«Ammo biz bunga ikki yil oldingiga qaraganda ancha yaxshi tayyormiz. Agar Putin shunday qaror qabul qilsa, bu qonli qaror bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qildi Kiyev meri.

Shu bilan birga, u Kiyev muzokaralar yoki urushni «muzlatish» masalasini muhokama qilishga tayyor emasligini ta’kidladi, deb yozadi Bild.

«Bu noto‘g‘ri munosabat, o‘rniga bizga ko‘proq yordam kerak. Biz Rossiyaga hech qanday hudud bermaymiz. Bu murosaga kelishi mumkin emas», - dedi Klichko.

Kiritildi: 19:20 31.03.2024. O'qildi: 1845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!