Bugun 3 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Klaudiya Sheynbaum Meksika prezidenti lavozimiga kirishdi

Klaudiya Sheynbaum Meksika prezidenti lavozimiga kirishdi

Klaudiya Sheynbaum rasman Meksika prezidenti lavozimiga kirishdi. Tantanali inaugurasiya marosimi respublika Kongressining yig‘ilishlari o‘tkaziladigan Mexikodagi San-Lasaro saroyida bo‘lib o‘tmoqda.

Ta’kidlanishicha, Sheynbum prezidentlikdan ketayotgan Andres Manuel Lopes Obrador guvohligida qasamyod keltirib bo‘lgach, Deputatlar palatasi prezidiumi raisi Ifigeniya Martines Ernandes unga prezident hokimiyatining ramzlaridan biri — Meksika bayrog‘i rangidagi prezidentlik tasmasini topshirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sheynbaumning davlat rahbari lavozimidagi birinchi murojaati mamlakat xalqiga yo‘llanadi, shundan keyin u Mexiko markaziy maydonida joylashgan Sokalo prezidentlik saroyiga yo‘l oladi. U yerda Sheynbaum o‘zi tomonidan shakllantirilgan hukumatning qasamyodini qabul qiladi, inaugurasiyaga kelgan chet el davlatlari yetakchilari bilan uchrashadi. So‘ng prezident saroyining ayvonida mamlakatning tub xalqi vakillari unga prezidentlik hokimiyatining yana bir ajralmas atributi — prezident asosini topshiradi.

Klaudiya Sheynbaum 2 iyun kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida hukmron Morena partiyasidan nomzod g‘alaba qozongandi. Andres Manuel Lopes Obrador ta’kidlaganidek, u nafaqat respublika mavjud bo‘lgan 200 yil ichida birinchi ayol prezident, balki mamlakat tarixida eng ko‘p ovoz to‘plagan prezident bo‘ldi.

Kiritildi: 23:05 02.10.2024. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!