Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kitob va kitobxonlik — inson ma’naviyati ko‘zgusi

A A A
Kitob va kitobxonlik — inson ma’naviyati ko‘zgusi

Hozirgi globallashuv davrida, inson ongi va qalbi uchun kurash kuchayayotgan davrda turli g‘oyaviy tahdid va xurujlar jamiyatimizning manaviy hayotiga ta’sir ko‘rsatishga urinishlari soni ortib bormoqda. Bunday murakkab vaziyatda turli ma’naviy buzg‘unchiliklar, vayronkorlik harakatlarini oldini olish, aholi, ayniqsa, yoshlarimizda ularga nisbatan immunitetni shakllantirish, ezgu g‘oyalarni targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratish zarur bo‘ladi.

Olmazor tumanidagi “Qorasaroy” mahalla fuqarolar yig‘inida bunyod etilgan yangi kutubxona ochilishiga bag‘ishlab, “Kitob va kitobxonlik — inson ma’naviyati ko‘zgusi” mavzusida madaniy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Tadbir Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda tuman hokimligi hamkorligida o‘tkazildi.

Unda olimlar, ziyolilar, bolalar yozuvchilari, shoirlar, yel suygan san’atkorlar, nuroniy otaxon va onaxonlar, yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda kitobxonlikka qaratilayotgan ye’tibor, yoshlarni kitobga mehrini oshirish borasidagi sa’y-harakatlarga to‘xtalib o‘tib, bunga yoshlarimiz ham munosib javob qaytarayotganliklarini e’tirof etishdi.

Jumladan, pedagogika fanlari doktori, professor, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Oynisa Musurmanova mahallalarda bunyod yetilayotgan ma’rifat o‘choqlari-kutubxonalar aholi ma’naviy olamini yanada boyitishga, farzandlarimizni yezgu g‘oyalar asosida, kitobga mehrli yetib tarbiyalashda yaqindan ko‘mak berishini e’tirof etdi hamda ilmiy, badiiy, shu bilan birga tarbiyaviy ahamiyatga yega bo‘lgan 10 dan ortiq turdagi kitoblar jamlanmasini kutubxonaga sovg‘a qildi.

Tadbir bahonasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan mazkur ko‘rkam va zamonaviy kutubxona fondiga yuzga yaqin nomdagi o‘zbek va jahon adabiyayoti durdonalaridan iborat qariyb 1000 nusha badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Madaniy-ma’rifiy tadbirda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, pedagogika fanlari doktori, professor Zuhra Ismoilova, pedagogika fanlari nomzodi, dosent Musallam Abdujabborova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Otaboyev, Muqumiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktyori Rasulxon Qodirxonov va Baxtiyor Ahmedov, kino aktrisasi Oydin Abdurahmonova, Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli xonandalari Adolat Ismoilova hamda Rustam Mirminov, O‘zbekiston davlat Satira teatri aktyori Sherzod Boymurodov ishtirok yetdi. Ularning chiqishlari madaniy-ma’rifiy tadbirga ko‘tarinki kayfiyat baxsh yetdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Dilshod Rajab yesa o‘z ijodidan namunalar o‘qib berdi.

Shuningdek, ziyolilar, olimlar tadbirlar davomida mamlakatimizda kezib yurgan yangilanish nafasi, izchil islohotlar ortida turgan inson manfaati, olib borilayotgan obodonchilik ishlari har bir yurtdoshimizning ko‘ngliga ko‘chayotgani haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

— Mahallamizda 1160 ta xonadonda 7 607 nafar aholi vakillari istiqomat qiladi, deydi mahalla faoli Nigora Xolmatova. — Shundan 2000 nafardan ortig‘i 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolardir. Shu mahallaning bir vakili sifatida biz yashayotgan go‘shada kutubxona tashkil yetilganidan juda xursandman. Yendi farzandlarimiz bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazib, foydali mashg‘ulot bilan band bo‘lishadi.

— Sevimli ijodkorim Xudayberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asari ham kutubxonamizdan joy olibdi, — dedi Ibrohim ismli bolakay. — Bugun mahallamizga ko‘p san’atkorlar, xonandalar keldi. Kunimiz juda mazmunli va qiziqarli o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Olmazor tumanidagi o‘tkazilishi belgilangan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari joriy yilning yakuniga 12 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil yetiladi. Shuningdek, 33 ta turli ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar doirasida 20 000 nafardan ortiq aholi qamrab olinadi. Tumanda tashkil yetilayotgan har bir tadbir davomida aholi kayfiyatini ko‘tarish, hududda ijtimoiy-ma’naviy holatni yanada yaxshilash, yoshlarni milliy qadriyatlar asosida Vatanparvarlik ruhida tarbilashga alohida e’tibor qaratiladi.

Kitob va kitobxonlik — inson ma’naviyati ko‘zgusi

Kitob va kitobxonlik — inson ma’naviyati ko‘zgusiKitob va kitobxonlik — inson ma’naviyati ko‘zgusi

"Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati Axborot xizmati

Kiritildi: 10:07 04.06.2022. O'qildi: 4543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!