Bugun 9 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Kitob tuman sudi noqonuniy chiqarilgan 110 ta qarorni bekor qildi

Kitob tuman sudi noqonuniy chiqarilgan 110 ta qarorni bekor qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tuman sudi tomonidan 2024 yilning 2-choragi mobaynida davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining 110 ta qarori noqonuniy chiqarilganligi uchun bekor qilingan.

Misol uchun, Kitob tuman soliq inspeksiyasining 2023 yil12 iyundagi QKSH-232400215-raqamli qarori bilan SH.R ga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 175-moddasi 2-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida, ya’ni 3.000.000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Ish hujjatlariga ko‘ra SH.R “K.N.N” MCHJning rahbari sifatida jazoga tortilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tuman sudining 2024 yil 17 maydagi qaroriga ko‘ra Kitob tuman soliq inspeksiyasining 2023 yil 12 iyundagi qarori bekor qilinib, R.Sh ning harakatida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 175-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomati mavjud emasligi sababli ish MJtK 271-moddasi 1-bandiga asosan yuritishdan tugatilgan.

Kiritildi: 18:44 12.07.2024. O'qildi: 644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!