Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

"Barselona"ning sobiq futbolchisi 36 yoshida faoliyatini yakunladi

"Barselona"ning sobiq futbolchisi 36 yoshida faoliyatini yakunladi

Paulinyo futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

"Korintians", "Barselona", "Tottenxem", "Guanchjou" va Braziliya terma jamoasining 36 yoshli sobiq yarim himoyachisi ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaatini e’lon qildi. Paulinyo nutq so‘zlayotganda ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

"Men ko‘p marotaba chempion bo‘lish va muhim sovrinlarni qo‘lga kiritish, ikkita jahon chempionatida qatnashish va “Barselona”da o‘ynash sharafiga muyassar bo‘ldim. Men katta meros qoldirdim.

"Korintians"dagi so‘nggi o‘yinimda bu o‘yin mening finalim bo‘lishini bilardim va bu 45 ming muxlisimiz oldida xayrlashishning eng yaxshi usuli edi" - dedi Paulinyo.

Kiritildi: 22:15 08.09.2024. O'qildi: 3591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!