Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Kit Kellog Rossiyaning NATO kengayishi bo‘yicha xavotirlarini "asosli" deb atadi

A A A
Kit Kellog Rossiyaning NATO kengayishi bo‘yicha xavotirlarini "asosli" deb atadi

"Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansiga a’zoligi masalasi ko‘rib chiqilmayapti, biz buni bir necha bor aytganmiz. Bu pozisiyani alyansga a’zo yana kamida to‘rtta davlat qo‘llab-quvvatlamoqda", — dedi Trampning maxsus vakili.

Kellogning aytishicha, AQSh ham, Ukraina ham hozircha Rossiya tomonidan o‘t ochishni to‘xtatishga doir takliflar bayon etilgan memorandumni olmagan, biroq u Kiyevni urushni tugatish bo‘yicha muzokaralardan chiqmaslikka chaqirdi. Shu bilan birga, AQSh prezidentining maxsus vakili muzokaralarning asosiy maqsadi — o‘t ochishni to‘xtatish va insonlarning o‘limiga barham berish ekanini yana bir bor ta’kidladi.

Kellogning ma’lum qilishicha, 2 iyun kuni Istanbulda o‘tkaziladigan muzokaralarda AQSH, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyadan xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar ham ishtirok etadi. Rossiya esa navbatdagi muzokaralar raundiga yana Vladimir Medinskiy boshchiligidagi delegasiyani yuborishini ma’lum qilgan.

Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga qarshi urushni to‘xtatish shartlari qatorida "G‘arb yetakchilaridan NATO'ning sharqqa kengayishini to‘xtatish va Moskvaga qarshi ba’zi sanksiyalarni bekor qilish majburiyatini yozma ravishda olish" talablari ham mavjud. Rossiya prezidenti Ukraina, Gruziya, Moldova va boshqa sobiq sovet respublikalarining NATO'ga a’zo bo‘lishi ehtimolini rasmiy ravishda istisno qilinishini hamda Kiyevning “neytral maqom”ga ega bo‘lishini talab qilmoqda.

Kiritildi: 12:41 30.05.2025. O'qildi: 541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!