Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Kishi virus bilan zararlangan niqobni taqib yursa, ko‘p miqdorda virus yuqadimi?

Kishi virus bilan zararlangan niqobni taqib yursa, ko‘p miqdorda virus yuqadimi?

Kishi virus bilan zararlangan niqobni taqib yursa, ko‘p miqdorda virus yuqadimi?

Barno Odilova, shtab a’zosi:

— Tibbiy niqobni taqishdan maqsad — havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan kasalliklar tarqalishining oldini olish. Bemor kishi niqobni kasallik manbasi bo‘lmaslik uchun ham taqish kerak. Sog‘lom insonlar esa kasallikdan o‘zlarini muhofaza qilish uchun ham undan foydalanishlari zarur.

❗️Niqob faqat foydalanish qoidalariga to‘g‘ri rioya qilingandagina samarali bo‘ladi. Buning uchun niqobni to‘g‘ri tanlash (maxsus matodan tayyorlangani, uy sharoitida kamida 6-8 qavatli dokadan), uni to‘g‘ri taqish (burun va og‘izni to‘liq yopishi), tez-tez almashtirib turish (har 2-3 soatda) zarur.

Bemor niqobni xonada bir o‘zi bo‘lganda taqmasligi mumkin, biroq ushbu xonaga bemorni parvarishlovchi oila a’zolari kirganida albatta niqobda bo‘lishi, xonada har 2 soatda namli tozalash ishlari o‘tkazilishi va kuniga 3-4 mahal shamollatib, toza havo kelishini ta’minlash zarur. Mana shunda xonada virusning turli sath va yuzalarda o‘tirib qolishini oldini olgan va xonada virus to‘planishidan himoyalangan bo‘lamiz. 

Bemorda kasallikning og‘ir yoki yengil kechishi uning niqob taqishiga emas, balki undagi mavjud surunkali kasalliklar va ularni keltirib chiqaruvchi xavf omillarining (noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy nofaollik, zararli odatlarga berilganlik) mavjudligi sabab bo‘lishi mumkin. 

✅ Shuning uchun bemor albatta oilaning boshqa a’zolaridan alohidalanishi, kuniga kamida 3-4 litr iliq holdagi suyulik ichishi, kuniga 5-6 mahal ovqatlanishi (bunda asosiy e’tibor suyuq ovqatlar va xom meva-sabzavotlarga qaratilishi lozim), holatiga ko‘ra jismoniy faol bo‘lishi, ayniqsa nafas mashqlarini bajarishi va to‘g‘ri parvarishlanishi juda zarur. Eng asosiysi — barcha davo muolajali faqat shifokor tavsiyasiga muvofiq bajarilishi kerak.
 

Kiritildi: 16:55 30.10.2020. O'qildi: 1855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!