Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Kirbi Isroilning Eronga zarba berishga tayyorgarligi haqidagi o‘ta maxfiy ma’lumotlar oshkor etilganidan xavotir bildirdi

Kirbi Isroilning Eronga zarba berishga tayyorgarligi haqidagi o‘ta maxfiy ma’lumotlar oshkor etilganidan xavotir bildirdi

Oq uyning strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Isroilning Eronga zarba berishga tayyorgarligi haqidagi o‘ta maxfiy ma’lumotlar oshkor etilganidan xavotir bildirdi.

"Biz har qanday maxfiy ma’lumotlarning keng jamoatchilik qo‘liga tushishidan chuqur xavotirdamiz. Prezident Jo Bayden ham bundan xavotirda. Bunday bo‘lmasligi kerak, bu kabi holatlarni qabul qilib bo‘lmaydi", — deya izoh berdi Kirbi matbuot anjumanida.

15 va 16 oktyabr sanalariga tegishli hujjatlar 18 oktyabr kuni internetda tarqala boshladi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, ular “o‘ta maxfiy” deb tasniflangan va bu ma’lumotlarni faqat AQShdan tashqari, Kanada, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya va Avstraliyani o‘z ichiga olgan “Besh ko‘z” razvedka alyansi a’zolari ko‘rishi mumkinligi qayd etilgan.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!