"Robert Habek Trampga Yevropa AQSh bojlariga javob berish uchun boshqa davlatlar bilan birlashishi bilan tahdid qilmoqda", deb yozadi CNBC.
"Men Donald Tramp bosim ostida taslim bo‘lishini, o‘z bayonotlariga bosim bilan tuzatishlar kiritishini ko‘ryapman, ammo buning mantiqiy natijasi shundaki, u ham bosimni his qilishi kerak bo‘ladi. Bu holat endi Germaniya tomonidan, Yevropa tomonidan boshqa davlatlar bilan ittifoqda amalga oshirilishi kerak, shunda biz bu bellashuvda kim kuchliroq ekanligini ko‘ramiz", – deya ta’kidladi Robert Habek.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy ham AQShning savdo bojlariga qarshi choralar ko‘rishga va’da bergan edi.