Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yarim oroldagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgan bir paytda Shimoliy Koreya urushini to‘xtatuvchi kuchlarini kengaytirish zarurligini e’lon qildi.
“Kim Chen In yanada amaliy va hujumkor kengayish, xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni yanada qat’iy nazorat qilish uchun KXDRning tez kuchayib borayotgan urushni to‘xtatuvchi kuchlaridan samarali foydalanish zarurligini ta’kidladi”, — deyiladi “RIA Novosti” xabarida.
Mart oyi oxirida Kim Chen In yadroviy qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirishni buyurgandi.
Shimoliy Koreya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat har qanday vaqtda urushning oldini olish uchun yadro qurolidan foydalanishga tayyor bo‘lishi kerak.