Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kim Chen In qizi bilan o‘quv mashg‘ulotlarida

Kim Chen In qizi bilan o‘quv mashg‘ulotlarida

Kim Chen In qizi Kim Chju E bilan birgalikda uzoq masofali artilleriya bo‘linmalarining o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatdi.

"Mazkur mashg‘ulotlarda 12 ta yuqori aniqlikdagi 600 millimetrli yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari va ikkita artilleriya rotasi ishtirok etdi. Ular Yapon dengizi akvatoriyasida qariyb 364 km uzoqlikda joylashgan oroldagi nishonni urdi", deya xabar bermoqda nashr Koreya Markaziy axborot agentligi.

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, bunday o‘quv mashg‘ulotlari dushmanlarga mamlakat taktik yadro qurolining qanchalik vayronkor kuchga ega ekanligini namoyish etishi lozim.

Kiritildi: Bugun 13:00. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!