Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Kim Chen In harbiy kemani suvga tushirish paytida cho‘kib ketgan kemasozlik ishchilarini qatl qilishi mumkin

Kim Chen In harbiy kemani suvga tushirish paytida cho‘kib ketgan kemasozlik ishchilarini qatl qilishi mumkin

Shimoliy Koreyada yangi esminetning muvaffaqiyasiz uchirilishi ortidan kemasozlik zavodining kamida uch xodimi hibsga olindi. KCNA davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, yaqinda mamlakat sharqiy sohilidagi Chongjin portida sodir bo‘lgan voqeada loyiha rahbarlari ayblangan.

Tushish vaqtida 5000 tonnalik ulkan harbiy kema ag‘darilib, qisman suv ostida cho‘kdi – bu Kim Chen Inning imidjiga va Pxenyanning barcha harbiy propagandasiga jiddiy zarba bo‘ldi.

Shimoliy Koreya yetakchisi voqeani “og‘ir baxtsiz hodisa” va “mutlaq ehtiyosizlik va mas’uliyasizlik” tufayli yuzaga kelgan “jinoiy harakat” deb atadi. Amerikaning CSIS tahlil markaziga ko‘ra, zarar tufayli kema yaqin kelajakda xizmat ko‘rsata olmaydi.

Fridrix Nauman jamg‘armasining Seuldagi vakolatxonasi rahbari Frederik Shpor Bild'ga hibsga olinganlarning oqibatlari o‘ta og‘ir bo‘lishi mumkinligini aytdi.

"Kim bunga aloqadorlarni keskin tanqid qilgani bois, u o‘z yuzini saqlab qolish uchun choralar ko‘rishi kerak bo‘ladi. Janubiy Koreya razvedka idoralari mansabdor shaxslar hatto suv toshqini oldidan ehtiyot choralarini ko‘rmaganlik kabi xatolari uchun qatl etilgani haqida bir necha bor xabar berishgan", - dedi Shpor .


Kiritildi: 22:32 27.05.2025. O'qildi: 1143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!