AQSh Pxenyanning qudratini «ushlab turish» uchun yadroviy quroldan birgalikda foydalanish bo‘yicha harbiy alyans tizimini kengaytirmoqda. Bu haqda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ma’lum qildi, deya xabar beradi Koreya markaziy axborot agentligi.
«AQSh va uning tarafdorlarining mafkuramiz va tizimimizni butunlay yo‘q qilish va xalqimizni butunlay qirib tashlash haqidagi jirkanch maqsadlari zarracha ham o‘zgargani yo‘q.
Koreya yarim orolida hech qachon urushayotgan tomonlar hozirgidek eng halokatli termoyadro urushiga aylanishi mumkin bo‘lgan xavfli va keskin vaziyatga duch kelmagan,» - dedi u.