Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasining zirhli texnikasini tezkorlik bilan yangilash zarurligini ma’lum qildi.
Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
"Kim Chen In quruqlikdagi qo‘shinlarimiz zirhli texnikasini o‘tgan asrning eng zamonaviy tanklari va bronetexnikalariga almashtirish qurolli kuchlarni barpo etish va quruqlikdagi qo‘shinlarni modernizasiya qilishdagi eng muhim masala ekanini ta’kidladi", — deyiladi Shimoliy Koreya yetakchisining tank zavodiga tashrifi haqidagi hisobotda.
Kim Chen In ushbu zavod va ixtisoslashtirilgan korxonalarni modernizasiya qilish hisobiga zamonaviy yirik tanklar va o‘ziyurar artilleriya qurilmalarini ishlab chiqarishni jadallashtirish, zirhli texnikalarni eng qisqa vaqt ichida yangilash "Partiya Markaziy Qo‘mitasining zirhli texnika ishlab chiqarishda ikkinchi inqilobni amalga oshirish bo‘yicha buyuk rejasi va strategik niyatini amalga oshirishdagi muhim vazifa" ekanini ta’kidladi.