Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kim Chen In: "Agar yordam kerak bo‘lsa, biz eng samimiy do‘stlarimizdan — Moskvadan so‘raymiz"

A A A
Kim Chen In: "Agar yordam kerak bo‘lsa, biz eng samimiy do‘stlarimizdan — Moskvadan so‘raymiz"

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putinga mamlakat shimoli-g‘arbidagi suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashish istagi uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning qayd etishicha, hozirgi bosqichda barcha zarur choralar ko‘rilgan, biroq kerak bo‘lsa, Pxenyan Moskvaning yordamini qabul qilishga tayyor.

"Kim Chen In KXDR hukumati, Koreya Mehnat partiyasi, koreys xalqi va shaxsan o‘z nomidan Vladimir Putin va Rossiya hukumatiga samimiy minnatdorlik bildirdi. U o‘z minnatdorchiligini bildirdi va eng og‘ir damlarida haqiqiy do‘stga nisbatan o‘zgacha tuyg‘uni his qilganini ta’kidladi”, — deyiladi Shimoliy Koreya rahbarining javob telegrammasida (Koreya markaziy axborot agentligi (STAK) iqtibos keltirgan).

Vladimir Putinning yetkazilgan zararni bartaraf etishga yordam berish taklifiga javoban Kim Chen In rasmiylar suv toshqini oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rganini va reja asosida harakat qilishini aytdi. “Agar qayta tiklash vaqtida yordam kerak bo‘lsa, biz buni eng samimiy do‘stlarimizdan — Moskvadan so‘raymiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Shimoliy Koreya shimoli-g‘arbida suv toshqinlari iyul oyi oxirida boshlangan. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. Suv toshqini natijasida eng katta zararni Pxyenyan viloyatining Xitoy bilan chegaradosh Siniydju shahri va Uyju okrugi aholisi ko‘rdi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 4 mingdan ortiq uy suv ostida qolgan.

Kiritildi: 11:02 04.08.2024. O'qildi: 2266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!