Aktyor Killian Myorfi Kristofer Nolanning yangi blokbasteri «Oppengeymer» filmidagi roli uchun uch kun ichida 30 ming gollandcha so‘zni o‘rgandi, deya xabar beradi People.
Myorfining filmdagi hamkasbi, Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan aktyor kichik Robert Dauni Ikkinchi jahon urushi davrida Amerika Qo‘shma Shtatlarida atom bombasini yaratishga rahbarlik qilgan amerikalik fizik J. Robert Oppengeymer rolida Myorfining faoliyati katta taassurot qoldirganinin aytgan.
«Men hech qachon aktyorning rol uchun o‘zini bunchalik qurbon qilganini ko‘rmaganman», – dedi Douni People jurnaliga bergan suhbatida.
Filmda Atom energiyasi bo‘yicha komissiya raisi Lyuis Shtraus rolini o‘ynagan Dauni Kristofer Nolanning uch soatlik dostonidagi roliga Myorfining «sodiqligi» uni hayratda qoldirganini aytadi.
Kichik Daunining aytishicha, u bir marta suratga olishdagi tanaffus vaqtida Myorfiga qo‘ng‘iroq qilgan va dam olish kunlarini Sante-Fe shahrida o‘tkazishni taklif qilgan. Bunga Myorfi rol uchun 30 000 gollandcha so‘z o‘rganishi kerakligini aytdi va Dauniga vaqtni yaxshi o‘tkazishni tilagan.
Myorfining rolga sodiqligi juda qattiq diyetani ham o‘z ichiga olgan, bu esa uni Oppengeymerning jismoniy o‘xshashligiga yaqinlashtirdi.
Myorfining hamkasbi Emili Blant bu rol uchun har kuni faqat bodom yeyishini aytdi. Myorfining o‘zi hech kimga bu tarzda vazn yo‘qotishni maslahat bermasligini ta’kidladi.
Filmda bosh rollardan birini ijro etgan Florens Pyu ham Myorfi unda katta taassurot qoldirganini va u nima uchun u bizning zamonamizning eng buyuk aktyorlaridan biri ekanligini tushunganini ta’kidladi.